Mahalla xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishi kerak
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi So'fi Olloyor va Miyonkol mahallalarida bo'lib, mazkur mahallalarning faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo’lida va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuvlar davomida ushbu mahallalar ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi. Nuroniylar tinchlik omonlik va shahrimizni bundanda obod bo'lishini tilab duoga qo'l ochdilar.
Shuningdek, uchrashuvlarda aholi vakillari tomonidan bildirilgan masala va takliflar bo'yicha mas'ullarga vazifalar belgilandi.