MAHALLA SEVIMLI OSHIYON
Inson mahallada ulg‘ayib, kamolga yetadi. Atrofdagilarga munosabati, qadriyatlarga hurmati, ilk tasavvur va ko‘nikmalari ham mahallada shakllanadi. Sharqona tarbiya maskani hisoblangan mahalla jondek aziz va muqaddas. Qadimdan yurtning obodligi mahalla obodligi bilan baholangan. Bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, chiroy ochib, bunyodkorlikka yuz tutayotgan mahallalar qiyofasi ko‘rgan ko‘zni quvontiradi.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova “Miyonkol” mahallasi faollari bilan uchrashuvda bu borada shahrimizda amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritdi. Xususan “Miyonkol”mahallasida aholi farovonligi va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlardan bugun aholi mamnun ekanligini bildirdi.
Shuningdek, shahar hokimi kelgusida mahallada bunyodkorlik ishlarini amalga oshirilishi haqida gapirdi va bunga mahalla ahlini faol ishtirok etishga chorladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.