Mahalla raislari aholiga murojaat qilishmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahrida mahalla raislari 2025-yil yakuniga qadar mahallada amalga oshiriladigan ishlar hamda 2026-yil rejalari bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafik asosida 20-21 oktabr kunlari aholiga murojaat qilishdi.
Xususan, shahrimizning “Navbahor” hamda “Damariq” mahallalarida ham shunday tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda respublika ishchi guruhi vakili S.Kurbonkulov ishtirok etdi.
Shuningdek, o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi muammolari o‘rganilib, turli masalalar bo‘yicha yo‘llangan savollarga masʼullar tomonidan tegishli javoblar berildi.




