Mahalla raisi-islohotchi
Kattaqo‘rg‘on shahar “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hozirgi vaqtda 663 ta xonadonda 883 ta oila, 2571 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning drayveri qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahalla raisi Rashid Rasulovning sa’y-harakatlari bilan birmuncha ibratli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, R.Rasulov tashkilotchiligida “Ochiq byudjet” dasturi orqali jamoa bilan bir yoqadan bosh chiqarib, yoshlar uchun mini futbol stadioni hamda Kattasoy ko‘chasi aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga erishilgan. Shodlik ko‘chasida ham xashar yo‘li bilan 1 km suv tarmog‘i tortilgan.
Shuningdek, mahalladagi oilalarni tinchlik totuvlikda hayot kechirishi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi, jumladan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mahalla ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda mahalla ahli bilan hamjihatlikda ishlar qilinmoqda.