insurez
22-11-2025 17:39

MAHALLA OBOD — YURT OBOD


Bugun shahrimizda o‘tkazilgan hashar doirasida mahallalarda, ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish tadbirlari shuningdek, qabristonlarda tozalash ishlari amalga oshirildi. 

Bu boradagi ishlar bilan tanishish maqsadida shahar hokimi Gavhar Alimova dastlab, Amir Temur mahallasidagi obodonlashtirish hamda hududga jalb qilingan maxsus texnikalar ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Shuningdek, “Zarafshon” mahallasida ko'chani betonlash ishlarini amalga oshirayotgan mahalla fuqarolari bilan suhbatlashdi. Shahar hokimi 16 maktab atrofidagi daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlarida ham ishtirok etdi. 

Bugun belgilangan hashar doirasida barcha mahallalar hududlarida, taʼlim muassasalarida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Teglar
- -