insurez
15-05-2025 18:01

MAHALLA DAVLAT VA XALQ OʻRTASIDAGI KOʻPRIK


 

Mahalla tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar mahallalarning qiyofasini oʻzgartirib, davlat va xalq oʻrtasidagi koʻprikka aylanishida muhim rol oʻynamoqda.
Shahar hokimining “Oq - oltin” mahallasi faollari bilan uchrashuvida bu borada mahallada qilinayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova keyingi yillarda “Oq-oltin” mahallasidagi bunyodkorlik, aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarni tadbirkorligini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirar ekan, albatta, bu saʼy-harakatlar aholining farovonlikda yashashini taʼminlashga qaratilganligini taʼkidladi.

Shuningek, ushbu mahallada tomorqadan unumli foydalanayotgan, uyida issiqxona tashkil qilib oilaviy daromadini yaxshilayotgan oilalar koʻpchlikni tashkil qilishi va ularning tajribalarni ommalashtirish lozimligini bildirdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -