Madaniyat_markazida hisobot konserti
Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat bo‘limiga qarashli 8-son “O‘rikzor” madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan to‘garaklar tomonidan hisobot konserti tashkil etildi.
🎵Tadbirda san’atsevarlar, yosh ijodkorlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Konsert dasturida milliy sozlar, raqs, rubob va rassomchilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan to‘garak a’zolari o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.
🎸Shahar madaniyat bo’limida havaskor yoshlar uchun tanbur, dutor, doira, sintezator, akkardion, karnay, raqs, ud, gitara, fortepiano, notiqlik san’ati, yosh aktyorlar studiyasi va rassomchilik yo’nalishlarida bepul to’garaklar olib borilmoqda.