MADANIYAT VA TURIZM KLASTERIDA ISHLAR QANDAY KETMOQDA?
Xabaringiz borki, joriy yilda Kattaqo‘rg‘on suv omborida shahar hokimligi tashabbusi bilan Madaniyat va turizm klasteri tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ayni kunlarda bu yerda mazkur loyiha doirasida aholiga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini rivojlantirish maqsadida tadbirkor tomonidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida Madaniyat va turizm klasterida aholi hamda turistlarning dam olishi uchun munosib sharoitlarni yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi.
Shahar hokimi klaster hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida kelgusida bu yerda dam oluvchilarga qulay sharoitlarni tashkil etish boradagi o’z tavsiyalarini berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.




