Madaniyat saroyida oʻquv markazining hamkorlikdagi filiali ochildi
“Malika Education” oʻquv markazida tahsil olgan koʻplab yoshlar bugungi kunda turli oliygohlarda taʼlim olmoqdalar. Shahar Madaniyat saroyida ushbu markazning Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikdagi birinchi filiali oʻz ishini boshlamoqda.
⚡️Filialni ochilish tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shahar hokimi soʻzga chiqib, taʼlim-tarbiya masalasi yurtimizda dolzarb va asosiy masala ekanligini, shu boisdan yoshlarni munosib bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini taʼkidladi va filialning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.
⚡️Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan filialda 3 ta xorijiy tillar boʻyicha va IT hamda robototexnika toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
🔹Tadbir ishtirokchilari shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida Madaniyat boʻlimidagi toʻgaraklar faoliyati bilan ham tanishdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.