Madaniyat saroyida hisobot konserti
Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat bo‘limiga qarashli 7-son madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan to‘garaklar tomonidan hisobot konserti bo’lib o’tdi.
🎵Hisobot konsertida "Nuroniylar kuylaganda", "Fortepiano", "ʼGitara", "Milliy sozlar" va "Patriot" to‘garaklari aʼzolari tomonidan konsert dasturi ijro etildi.
🎸Shahar madaniyat bo’limida havaskor yoshlar uchun tanbur, dutor, doira, sintezator, akkardion, karnay, raqs, ud, gitara, fortepiano, notiqlik san’ati, yosh aktyorlar studiyasi va rassomchilik yo’nalishlarida bepul to’garaklar olib borilmoqda.