LOYIHA AMALDA
Shahrimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 martdagi PQ-159-son qaroriga asosan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Kattaqo‘rg‘on shahri ichimlik suv va oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha natijasida Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 71,6 foizdan 93,0 foizga, oqova suv xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 29,2 foizdan 52,0 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tegishli hokim o‘rinbosari va soha vakillari bilan birgalikda mazkur loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Ko‘rpa va Murtak suv inshootlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.