insurez
13-05-2025 17:14

“KUNJUPAY” MAHALLASIGA RAIS SAYLANDI


Shahrimizda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.  
Bugun  boʻlib oʻtgan “Kunjupay” mahallasi fuqarolar yigʻini raisi saylovida ham mahalla vakillari faol ishtirok etdilar. Saylov avvalida nomzodlar oʻzlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdilar.  

Saylov yakuni natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz olgan nomzod Baxtiyor Berdiyorov mahalla raisligiga qayta saylandi. Mahalla vakillari fuqarolar yigʻini raisining aholi turmush sharoitini yaxshilash yoʻlida kelgusidagi ishlarini  bardavom boʻlishini bildirdilar.

Teglar
- -