Kattaqo‘rg‘on shahrida korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning 1-sentabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1926 tani tashkil qilib, shundan 1391 tasi yoki 72,2 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 709 ta (36,8 foizi), sanoat 343 ta (17,8 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 109 ta (5,7 foizi), qurilish 153 ta (7,9 foizi), tashish va saqlash 45 ta (2,3 foizi), axborot va aloqa 48 ta (2,5 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 45 ta (2,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 143 ta (7,4 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 334 ta (17,3 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i