insurez
13-08-2025 17:48

Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.                                                                               

Ushbu o‘rganishlar yuzasidan bugun shahrimizning “Navbahor” mahallasida joylashgan "DENIM COLLECTION" MChJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud texnologiyalar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, ishlab-chiqarish hajmini oshirish, eksportni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha fikr almashildi.  

Teglar
- -