Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahar sanoat shtabi a’zolari va boshqa ma’sullar bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyati o‘rganilmoqda.
Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi tomonidan mas'ullar hamrohligida shahrimizning Ingichka qo’rg’oni “Abdulla Qaxxor” mahallasida joylashgan "CRYSTAL TEXTIL INVEST" MChJ korxonasining faoliyati o'rganildi.
Mazkur korxona asosan trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, bugungi kunda bu yerda 100 nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayoni, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ishlab-chiqarish hajmini oshirish, eksportni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha fikr almashildi.