Korxonalar faoliyatini rivojlantirish yo'lida
Bugun, shahar hokimining birinchi o’rinbosari I.Mamatov tomonidan mas'ullar hamrohligida shahrimizning “Kunjupay” mahallasida joylashgan "MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA" MChJ ning faoliyati o'rganildi.
Mazkur korxona asosan o’simlik yog’i ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, bugungi kunda bu yerda 15 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari, mavjud texnologiyalar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ishlab-chiqarish hajmini oshirish, yog’ mahsulotlari eksportni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha fikr almashildi.