Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, adolatli baholash va ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, talabalarning bilimini xolisona baholash, ijro intizomini mustahkamlash hamda mehnat va o‘quv intizomini ta’minlashga qaratilgan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda institut “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudayqulov, Ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i Ergash Xayitov, professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida E.Xudayqulov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat tizimlari, xususan, komplayens-nazorat faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati