insurez
06-09-2025 15:30

KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ


 Shahar Tibbiyot birlashmasi  tumanlararo Perinatal markazida tibbiyot xodimlari ishtirokidagi yig'ilish ushbu  shior ostida o‘tkazildi.

Tadbirning  maqsadi — tibbiyot xodimlari orasida kasbiy etika tamoyillarini mustahkamlash, yangi namunadagi retsept blankalarida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida kundalik rejimga amal qilish va nojo‘ya munosabatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Markaz rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirish, bemorlarga mehribonlik va odob doirasida xizmat ko‘rsatish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Shuningdek yig’ilishda Prezidentimiz ta’kidlaganidek korrupsiyani “islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq” sifatida baholab, unga qarshi murosasiz kurash zarurligi aytildi.

Teglar
- -