Korrupsiya va komplayens nazorat
Bugun Kattaqoʻrgʻon shahrida viloyat prokuraturasi hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida tashkilotlar xodimlari va mahallalar "Yettiligi" uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Shahar prokurori o‘rinbosari A.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib berilgan o‘quv seminarida Oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tomonidan korrupupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan mavzularda ma’ruzalar qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va muhim jihatlari, komplayens nazorat tizimi va uning davlat idoralarida samarali joriy etish usullari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida mutaxassislar korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borib, ishtirokchilarning savollariga javob berishdi.