KORRUPSIYА –TARAQQIYОT KUSHANDASI
Kuni kecha Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Normurod Hakimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamshid Nosirov, viloyat kengashi deputati Feruza Raximova hamda komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi.
So‘z olganlar korrupiyaga qarshi kurashish, bunda hamkor tashkilotlar ishtirokidagi tadbirlar, aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritdilar. Belgilangan reja asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar shuningdek, doimiy komissiya a’zolari tomonidan aholi qabullarini o‘tkazilishi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kotibiyat mudiri N.Hakimov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya ish faoliyati va yuritilayotgan hujjatlar bilan tanishib, bu borada o‘z tavsiyalarini berdi.




