KO’RGAZMALI SEMINAR O’TKAZILDI
Bugun shahar Madaniyat saroyida "Kambag‘allikdan faravonlik sari" dasturi asosida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi mutaxasisi J.Nurmatov, jamg‘armaning shahar bo‘limi raisi T.Xamidov hamda 36 ta mahallalardan 100 nafardan ortiq faol nuroniylar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining 25.11.2024 yildagi «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405- son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 108 nafar faol Nuroniylarga mahallalardagi 540 ta kambag‘al oilalar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan bevosita ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Seminar davomida so‘zga chiqqanlar mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ijtimoiy muhimligi borasida to‘xtalishdi.
Shundan so‘ng, “Yakkabog‘” mahallasi faol nuroniylari o‘zlariga biriktirilgan kambag‘al oilalar bilan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilishdi.