KONSTITUTSIYA- TARAQQIYOTIMIZ POYDEVORI
Yurtimiz bo‘ylab asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining 33 yillik bayram tantanalari keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan shahar Drama teatrida tashkil qilingan tadbirda shahar hokimligi, IIB, Prokuratura, kattaqo‘rg‘onlik turli soha xodimlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar va harbiylar ishtirok etdi.
Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirni ochib bergan shahar hokimi Gavhar Alimova Konstitutsiyamizning milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori ekanligini ta’kidladi. Shuni aytish joizki, bugun “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan yurtdoshlarimiz o‘zini jamiyatning teng huquqli a’zosi, o‘z taqdirining chinakam egasi, erkin va bunyodkor inson sifatida his qilayotgani quvonarli albatta,- deya ta’kiladi shahar hokimi o‘z so‘zida.
-Ilk marotaba umumxalq referendumida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi tom ma’nodagi tarixiy voqea bo‘ldi. Unda xalqimizning oliy maqsadi – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topgan.
Avvalambor, yangilangan Konstitutsiyamizning inson, jamiyat va davlat hayotidagi muhim ahamiyati haqida aytib o‘tmoqchiman. Yangi Konstitutsiyamizda moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilandi.
Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobarga ko‘paytirildi. Aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirildi. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlar masalalariga ham e’tibor berilib, bu borada alohida bob kiritildi va davlat – yoshlar huquqlarining himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishni kafolatladi.
Shuni aytish joizki bugun yurtdoshlarimiz o‘zini jamiyatning teng huquqli a’zosi, o‘z taqdirining chinakam egasi, erkin va bunyodkor inson sifatida his qilayotgani quvonarli, - deya ta’kiladi shahar hokimi o‘z so‘zida.
Shundan so‘ng shahar madaniyat bo‘limi hamda 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayrlangan konsert dasturi tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
San’atkorlar hamda o‘quvchi- yoshlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Albatta, bu kabi tadbirlar bosh qomusimizning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashi bilan birga fuqarolarda qonunlarimizga hurmat hissini shakllantirishi shubhasiz.




