KONSTITUTSIYA-BAXTIMIZ GAROVI
Konstitutsiyaning mustaqilligimizni mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat va jamiyatni taraqqiy ettirishdagi ahamiyati katta.
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yillik bayram tadbirlari shahrimiz ta’lim muassasalarida ham ko‘tarinki tarzda o‘tkazildi. Jumladan, shahar Tibbiyot texnikumida tashkil qilingan tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ta’lim maskani o‘quvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Albatta, bu kabi tadbirlar bosh qomusimizning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashi bilan birga fuqarolarda qonunlarimizga hurmat hissini shakllantirishi shubhasiz.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.