Konferensiya
SamDU Kattaqo'rg'on filialida “TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY USULLARNI JORIY ETISH MUAMMOLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. Unda shahar hokimli Gavhar Alimova ishtirok etdi.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori X,Xayrullayev, Qirg'iz Respublikasi Alatau universiteti professori, Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi A. Zakirov, Xitoyning Nankin politexnika universiteti professorlari Tu Jie hamda Xu Jiuchun, Mumbay texnologiya universiteti professori Tabassum Qazi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali ilmiy xodimi K. Zaretdinov ma'ruza qilishdi.
Ma'ruzachilar raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, tilshunoslikning dolzarb masalalari, aniq va tabiiy fanlar, pedagogika, san'at va madaniyat sohalari, ta'lim-tarbiya jarayonlariga doir muhim masalalarda ilmiy-amaliy tavsiyalarni bayon qilishdi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.