KO‘HNADAM MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
Bugun Kattaqo’rg’on shahar 1-sektor hududidagi “Ko’hnadam” mahallasida shahar hokimi v.v.b I.Mamatov, Mudofaa vazirligi masul xodimi Q.Sobirov hamda shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodieva ishtirokida fuqarolar muammolarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 20 ga yaqin fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.
Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning sog’ligini tiklash, ishga joylashtirish, uy-joyini ta'mirlash, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
Qabul davomida 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarni yechimi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, 4 nafar fuqaro tomonidan oldingi sayyor qabuldan so’ng murojaati ijobiy hal bo’lganligi uchun o’z tashakkurlarini bildirishdi.