Kitobxonlik haftaligi oʻtkazildi
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida 21-25-aprel kunlari "O'zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" o'tkazildi.
Hafta davomida davra suhbatlari, kitob aksiyalari, intellektual o'yinlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Har yili mazkur haftalik doirasidagi tadbirlarda shahrimizdagi bir qator ta'lim muassasalari, yozuvchi ijodkorlar faol ishtirok etib kelmoqda.
Shu munosabat bilan "Kitobxon haftaligi"ga faol ishtirok etgan barcha ta'lim muassasalari, jumladan, SamDU Kattaqo'rg'on shahar filialiga, "Yuksalish" maktabiga, 11-IDUM, "San'at g'unchalari" jamoasiga haftalik davomida faol ishtirok etgan yoshlar hamda kitobxonlarning barchasi munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda kitobxonlikni shakllantirish va iqtidorli bolalarni qo'llab-quvvatlash ularning bilim egallashga qiziqishlarini oshirishda katta hissa qoʻshib kelmoqda.