insurez
21-04-2025 14:19

Kitobxonlik haftaligi 2025


Yurtimizda kitobxonlikni targ'ib qilish, o'quvchi - yoshlarda mutolaa madaniyatini oshirish, ularni ma'naviy boyitish maqsadida bugun Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida "O'zbekiston - kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika Kitobxonlik haftaligining ochilishi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda shahar hokimining o'rinbosari J.G'aniyev, Ma'naviyat - ma'rifat markazi shahar bo'limi boshlig'i Q.Boykalonov, 2-son  bolalalr musiqa va san’at maktabi direktori D.Normurodov, SamDU Kattaqo'rg'on filiali Filologiya fakulteti talabalari hamda 11-IDUM o'quvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobning inson hayotidagi o'rni, bilim va ma'naviyat manbai sifatida tutgan o'rni haqida so'z yuritishdi. Shundan so'ng o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she'rlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi. 

Haftalik davomida Axborot - kutubxona markazi tomonidan ko'rgazmalar, kitob taqdimotlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, tanlovlar rejalashtirilgan.

Teglar
- -