insurez
16-12-2025 11:26

#kitobxonlik


Inson tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo xamroh bo‘lgan. Kitob  kishilarga insoniyat erishgan  yutuqlarni bilish imkonini  beradi. Shuning uchun kitob va kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor hozirda har qachongidan  ham muhimroq ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Bugun, Kattaqo‘rg‘on shaharlararo Qo‘riqlash bo‘limi shaxsiy tarkibi Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Ushbu ziyo maskanida Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan kitobxonlik va mutolaa madaniyati bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. 

Shuningdek, tashrif buyurganlar axborot-kutubxona markazidagi kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

Teglar
- -