12-07-2025 16:10
"Kitobxon yoz — 2025"
SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Dolzarb 90 kun" doirasida "Kitobxon yoz — 2025" onlayn va oflayn tanlovlari tashkil qilinmoqda.
Shu munosabat bilan O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi hamda Axborot resurs markazi hamkorligida talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasining ahamiyatini keng targ'ib etish, kitobxon talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom raqobat asosida tanlovlar o'tkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.