KEKSALAR DUOSI SAODAT KALITIDIR
Xalqimizda“Qarisi bor uyning parisi bor” kabi hikmatli iboralar bejiz aytilmagan. Zero, yurtimiz keksalarning duosi-la obod va nurafshon, ularning hayot yoʻllari saboq va ibrat maktabidir.
Bir umr mehnat qilib, farzand tarbiyalab, el-yurt koriga yarab yashayotgan bunday insonlar doimo hurmat-izzat va eʼzozga munosib.
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizda umrguzaronlik qilib kelayotgan ana shunday hamshaharlarimizning xonadonlarida boʻlib, ularning duolarini oldi. Uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan nuroniylarning hayot yoʻli yoshlar uchun ibrat ekanligini taʼkidladi. Darhaqiqat, ushbu onaxonlar oʻzlarining katta hayotiy tajribalari, nasihatlari bilan oʻz mahallalaridagi oilalarni mustahkamligini taʼminlashda munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Hokim bilan samimiy suhbatlashgan onaxonlar bugun keksalari eʼzozda boʻlgan mana shunday tinch va osuda yurtda, baxtiyorlikda hayot kechirayotganliklari uchun shukrona keltirdilar.




