KATTAQO‘RG‘ONLIK MILLATPARVAR PROKUROR - BADRIDDIN SHARIPOV HAQIDA BILASIZMI?
Shahar Drama teatrida millatparvar, vatanparvar inson, prokuror Badriddin Sharipov hayotiga bag‘ishlangan spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur “Millat fidoyisi” nomli spektakl shahar prokurori Ismoil Nuriddinovning taklifi bilan Kattaqo‘rg‘onlik marhum prokuror Badriddin Sharipov xotirasiga buyurtma qilingan va jurnalist Farmon Toshev qalamiga mansub bo‘lib, rejissyor Farxod Boynazarov tomonidan sahnalashtirildi.
Kattaqo‘rg‘onlik prokuror B.Sharipovning millatparvarligi, o‘z kasbiga sodiqligi va boshqa insoniy hislatlari, uning boshiga tushgan ko‘rguliklari aks etgan mazkur asar kattaqo‘rg‘onliklar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Spektakl yakunida so‘z olgan shahar hokimi G.Alimova bu kabi insonlarning jasorati yoshlar uchun ibrat bo‘lishini ta’kidladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.