KATTAQO‘RG‘ONDA “SALOMATLIK KUNI” MUNOSABATI BILAN SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN TADBIR O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on shahrida “Salomatlik kuni” munosabati bilan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan navbatdagi sog‘lomlashtirish va profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbir Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi (KShTB), Ingichka Tibbiy-Sanitariya Qismi (TSQ), 1-son oilaviy poliklinika (1-OP) hamda Ingichka stadionida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 93 nafar ishtirokchi qamrab olinib, ularga sog‘lom hayot tarzini yuritish, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, qandli diabet kabi surunkali kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, 30 dona targ‘ibot materiallari (bukletlar, eslatmalar, tavsiya varaqalari) tarqatildi.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
🔹 To‘g‘ri ovqatlanish va odatlarni shakllantirish – meva-sabzavotlar, foydali yog‘lar, tuz va shakarni me’yorida iste’mol qilish orqali kasalliklarning oldini olish.
🔹 Jismoniy faollik – yurish, mashqlar bajarish orqali mushak va suyak tizimini mustahkamlash, stressdan xalos bo‘lish, hayot sifatini yaxshilash.
🔹 Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti – zaruriy maslahatlar, hayot tarziga sog‘lomlikni singdirish yo‘llari, har bir ishtirokchining shaxsiy holatiga mos tavsiyalar.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga oid interaktiv savol-javoblar, suhbatlar, konsultatsiyalar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga sog‘lom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish va faol hayot tarzi yuritishning foydalari tushuntirildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat tibbiy madaniyatni oshiradi, balki aholining kasalliklardan xabardorligi va ularni oldini olishga bo‘lgan e’tiborini ham kuchaytiradi. Aholi bu kabi profilaktik tadbirlarning doimiy bo‘lib turishini istashini bildirdi.