insurez
03-08-2024 11:22

Kattaqo‘rg‘onda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi


Kattaqo‘rg‘on shahri va Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joriy yilning 14-16 avgust kunlari “Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi boshqaruv organlari, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi.

Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida shahar hokim o‘rinbosari Jamshid Axmedov va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘anijon Alovuddinov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazilib, FVDT xizmatlarga vazifa taqsimotlari belgilab berildi. 

Mazkur o‘quv mashqlari aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, rahbarlar va aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash maqsadida hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Teglar
- -