Kattaqo‘rg‘onda psixologik trening o‘tkazildi!
Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan mamlakatimizda professional armiyani isloh qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qo‘yilgan bir-qator talablar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda chorshanba "Psixologik ishlar kuni" rejasiga asosan harbiy qism qo'mondonligi, SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Kattaqo'rg'on shahar 1-maktabi psixologlari ishtirokida “O'zligingni angla” mavzusi ostida psixologik trening mashg‘uloti o'tkazildi.
Mashg'ulot davomida mavzuga doir slaydlar namoyish etildi. Shuningdek shaxsiy tarkibning psixologik ongini oshirishga qaratilgan amaliy-psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.