Kattaqo'rg'onda Harbiy - Vatanparvarlik festivali o'tkazildi!
Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism qo'mondonligi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar 5- umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchi yoshlar ishtirokida "Harbiy - Vatanparvarlik" festivali o'tkazildi.
Tadbirda harbiy orkestrning kuy qo'shiqlari, faxriy qorovulning ko'rgazmali chiqishlari hamda qo'l jangi ustalarining jangovar harakatlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.