insurez
04-06-2024 09:09

Kattaqo'rg'onda harbiy qism komandirini kuzatuv tadbiri o’tkazildi


Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy qism komandiri polkovnik Umarov Firdavs Axtamovichni kuzatuv tadbiri o’tkazildi. 

Unda Qurolli Kuchlar bosh shtabi Artilleriya qo'mondoni, Markaziy harbiy okrugi qo'mondoni o'rinbosari, Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova va Kattaqo'rg'on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov hamda qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar ushbu harbiy qismda polkovnik Umarov F.A boshchiligida olib borilgan islohatlar hamda erishilgan qator yutuqlar borasida to'xtalib o'tdilar.

Tadbir so'ngida harbiy qism madaniyat markazida polkovnik Umarov F.A komandirligida olib borilgan islohotlar aks etgan videorolik namoyish etildi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.                                             

Teglar
- -