insurez
19-08-2024 11:38

Kattaqo'rg'on suv ombori hududi chiqindilardan tozalandi


Samarqandda mustaqilligimizning 33 yilligini munosib kutib olish, yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash maqsadida “Plogging” chiqindi terish aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiya viloyatning Kattaqo'rg'on tumanida joylashgan suv ombori (https://telegra.ph/Suv-ombori-08-19)da o'tkazilib, sohil bo'yi chiqindilardan tozalandi. Hududda faoliyat yurutuvchilar uchun atrof -muhit tozaligini saqlash va tabiat uchun barchamiz birdek mas'ul ekanligimiz tushuntirildi.

Hasharda agentlik viloyat boshqarmasi mas'ullari, Kattaqo'rg'on tuman va shahar yoshlar ishlari bo'limi, eko volontyorlar hamda hududdagi ko'ngilli yoshlar faol ishtirok etishdi.

Teglar
- -