insurez
23-01-2025 17:56

Kattaqo‘rg‘on shahrining uchta mahallalarida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan mahallalar aholisi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida ishlar olib borilyapti. 

Bugungi tadbirlar davomida shahrimizning “G‘arib Machit”, “Zarafshon” va “Damariq” mahallalarida jami 277 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 52 nafar ambulator davo olishlari lozimligi qayd etildi. 

Profilaktik tekshiruvlar va sog‘lom turmush tarzi haqida aholining xabardorligini yanada oshirish, kasalliklarni barvaqt oldini olish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlar mahalla aholisining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va mutaxassislar ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -