Kattaqo‘rg‘on shahrining asosiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 752.0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,8 foizni tashkil etdi;
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 547,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5m. tashkil etdi;
Qurilish ishlari hajmi 197,0 mlrd. so‘mlik bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,0 foizni tashkil etdi;
CHakana tovar aylanmasi hajmi 852,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,6 foizni tashkil etdi;
Jami xizmatlar hajmi 690,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,0 foizni tashkil etdi;
Eksport hajmi 27,4 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 132,0 foizni tashkil etdi;
Import hajmi 14,9 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5 foizni tashkil etdi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i