Kattaqo'rg'on shahrida “Yashil makon” loyihasiga start berildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi. Loyiha doirasida ta’lim muassasalari mahallalar tashkilotlarda daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Dastlab 20 umumta’lim maktabida shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, shahar prokuraturasi, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari ishtirokida ushbu xayrli tadbir boshlandi. Maktab hududiga 300 dan ortiq pavloniya daraxti, archa va atirgul ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, shahrimiz mahallalarida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, ko‘chalar bo‘ylab turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tadbir ishtirokchilari Yashil makon loyihasi doirasidagi ishlar shahrimizni yanada chiroy ochishi, yashillikka burkashi bilan birga atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda ham ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.