insurez
13-01-2025 14:06

Kattaqo'rg'on shahrida Vatan himoyachilari kuni tantanali nishonlandi


Bugun Kattaqo'rg'on shahar hokimligi va Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism qo'mondonligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova va so'zga chiqqanlar barchani Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklashdi hamda bir guruh harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirligi, Markaziy harbiy okrugi qo'mondonining, shahar hokimligining, qism komandirining tashakkurnoma, qimmatbaho hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir davomida taniqli sanatkorlar, Madaniyat xodimlari hamda harbiy orkestr tomonidan tayyorlangan kuy qo'shiqlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

 

 

Teglar
- -