Kattaqo'rg'on shahrida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi
Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligida shahar hokimligi, Kattaqo'rg'on harbiy qism qomondonligi, Kattaqo'rg'on shahar Nuroniylar kengashi hamda "Yoshlar ishlari agentligi" shahar filiali bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.
Unda Nuroniylar, yoshlar vakillari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqganlar yoshlarni buyuk ajdodlarimizdek mard va jasur boʻlishlari hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni egallab, kelajakda Vatanni sevuvchi inson bo'lishlari kerakligini ta'kidlab o'tishdi.
Tadbir davomida ishtirok etgan yoshlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.