Kattaqo'rg'on shahrida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbiga qiziqishni oshirish va milliy armiyamiz, harbiy akademiyalar yuzasidan ma'lumotlar berish maqsadida Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, Kattaqo'rg'on shahar Nuroniylar kengashi hamda shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda Kattaqo'rg'on shahar 17-IDUMda "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.
Tadbirda so'zga olganlar o'quvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanib voyaga yetishlari, ilm o'rganib kelajakda Vatanni sevuvchi inson bo'lishlari kerakligini ta'kidlab o'tishdi.
Uchrashuv yakunida o'quvchi-yoshlar tajribali va yoshi ulug' ishtirokchilardan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.