Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulug‘”, degan naql bor. Chindan ham, o‘qishni, yozishni o‘rgatgan, oq-qorani, yaxshi yomonni tanitgan, ilm-ma’rifat ila qalbimizga ziyo olib kirgan ustozlarimizni qancha maqtasak, e’tirof etsak shuncha kam. Shu boisdan har yili yurtimizda 1 oktyabr – “O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayram sifatida nishonlanib, o‘qituvchilar e’zozlanadi.
Ushbu sana bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida ham katta tantana bilan nishonlandi. “Versal” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, o‘qituvchi va murabbiylar, xalq ta’limi faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida, shahar hokimi ta’lim jonkuyarlarini bayram bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar, xalq ta’limi faxriylari bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.