insurez
05-09-2025 11:17

KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA MOTOROLLERLARDA CHIQINDI TASHISH YO‘LGA QO‘YILDI


O‘zbekistonda chiqindilarni tashish jarayonida motorollerlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Motorollerlardan endi Kattaqo‘rg‘on shahrida ham foydalaniladi. “Mansurbek Qo‘rg‘on” MChJ ga 10 dona shunday motorollerlar berildi.

Bugun shahar hokimligi oldida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Payshanovlar ishtirokida motorollerlar topshirildi. Muhimi 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Sanitar tozalash xizmati xodimlari uchun qulay va iqtisodiy jihatdan tejamkor bo‘lgan motorollerlar  tor va ixcham ko‘chalarda ham harakatlana oladi. Ikki kishilik salonga ega bo‘lib, yoz va qish sharoitida ishlash uchun isitish va sovitish tizimlari bilan jihozlangan. 4 litr yoqilg‘i sarflab 100 km masofada 1 tonnagacha chiqindilarni tashiy oladi. 

Korxona rahbariyati bu kabi qulaylik uchun mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bidirdilar.

Teglar
- -