Kattaqo’rg’on shahrida mehnat yarmarkasi o’tkazildi
Bugun Kattaqo’rg’on shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi binosida shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, shahar Ichki Ishlar bo’limi, Oila va Xotin-qizlar bo’limi hamda shahar Bandlik bo’limi bilan hamkorlikda ishsizlarni bandligini ta'minlash va hayotda o’zlarining munosib o’rinlarini topishlariga ko’maklashish maqsadida bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda tegishli mas’ullar bilan birgalikda ish beruvchi korhona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Mehnat yarmarkasi davomida taklif qilingan fuqarolardan 10 nafari o’zlariga maqbul bo'lgan ish o'rinlariga joylashtirildi hamda 11 nafari kasb-hunarga o’qishga yo’naltirildi. Shuningdek, o’zini-o’zi band qilish orqali daromad topishlari uchun 28 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob uskunalar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.