insurez
13-09-2024 18:27

Kattaqo'rg'on shahrida kvars toshlarini qayta ishlash loyihasi amalga oshiriladi


Kattaqo‘rg‘on shahrida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda turli yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.  

Ushbu kelishuvlar asosida shahrimizda “FU HANG” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan kvars toshlarini qayta ishlash va undan yarim tayyor mahsulot ishlab-chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova va shahrimizga tashrif buyurgan xorijiy investor CHEN BIN hamda mas’ullar bilan birgalikda loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, mavjud imkoniyatlarni o‘rganishdi. 

Mazkur ishlab-chiqarishda kerakli bo‘lgan asbob-uskunalar joriy yil yakuniga qadar Xitoydan keltirilib, o‘rnatilishi belgilangan bo‘lib, loyihani ishga tushirilishi natijasida 30 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.   

Teglar
- -