insurez
18-11-2025 10:46

Kattaqo‘rg‘on shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Energetika vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh shahrimizda bo‘lib, joylardagi ishlar bilan tanishdi.

Bosh prokuratura Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori A.Sattarov va Energetika vazirining o‘rinbosari U.Mamadaminov boshchiligidagi ishchi guruh Kattaqo‘rg‘on shahridagi Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obektlari hamda ko‘p xonadonli uy-joy fondini 2025-2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o’rgandi.

Dastlab, shahar shtabidagi va tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, zarur ko‘rsatmalar berildi. Ushbu o‘rganish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yanada jadallashtirish, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Shundan so‘ng shahar elektr tarmoqlari korxonasidagi 2 ta 10 ming kVatli transformator punktlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur transformator punktlari 1960 yillarda qurilgan bo‘lib, aholi va tadbirkorlik sub’ktlari o‘sib borgan bo‘lsada yangi yuqori kuchlanishli transformator punktlariga almashtirilmaganligi aniqlanib, ikkala transformatorlarni ham 16 ming kVatli transformator punktlariga almashtirib berilishi hamda bu orqali aholi xonadonlari va tadbirkorlik sub’ektlarini kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanishi belgilab olindi.

 

Teglar
- -