Kattaqo‘rg‘on shahrida korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning 1-oktabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1930 tani tashkil qilib, shundan 1395 tasi yoki 72,3 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 710 ta (36,8 foizi), sanoat 345 ta (17,9 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 110 ta (5,7 foizi), qurilish 153 ta (7,9 foizi), tashish va saqlash 42 ta (2,2 foizi), axborot va aloqa 48 ta (2,5 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 45 ta (2,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 144 ta (7,5 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 333 ta (17,3 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i