Kattaqo‘rg‘on shahrida korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2025-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1912 tani tashkil qilib, shundan 1240 tasi yoki 64,8 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 704 ta (36,8 foizi), sanoat 345 ta (18,0 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 105 ta (5,5 foizi), qurilish 151 ta (7,9 foizi), tashish va saqlash 42 ta (2,2 foizi), axborot va aloqa 48 ta (2,5 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 45 ta (2,4 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 138 ta (7,2 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 334 ta (17,5 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.
M.Muminov,
Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i